O‘zbekiston | 18:54 / 24.02.2024
13093
1 daqiqa o‘qiladi

Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Dehqonobodga 4 oy hokimlik qilgan Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Ko‘kdala tumani IIB boshlig‘i tuman hokimi etib tayinlandi.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, shu paytgacha Ko‘kdala tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Sherzod Shokirov Dehqonobod tumani hokimi etib tayinlangan. U 1982 yilda Koson tumanida tug‘ilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil oktyabr oyida Dehqonobod tumaniga o‘sha paytgacha Shahrisabz shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Akrom Sulaymonov hokim etib tayinlangandi.

Biroq u 4 oy ishlagandan so‘ng vazifasidan ozod qilingan. Bu haqda eng avval uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar berdi.

Akrom Sulaymonov postida ishdan olinishi sabablarini keltirmagan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari tarqatgan xabarda ham hech narsa deyilmagan.

Mavzuga oid