Kuvayt O‘zbekiston matolaridan tayyor kiyimlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
Al-Kuvayt shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksport jug‘rofiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston elchixonasida Kuvaytning Gulf Mysore general trading company W.L.L kompaniyasi ijrochi direktori Anupam Jayn bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari bilan sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport jug‘rofiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Anupam Jayn Kuvaytda qator savdo do‘konlari mavjudligini, ularda asosan hind milliy kiyimlari sotilishini ma’lum qildi. Shuningdek, tadbirkor O‘zbekistondan o‘zbek milliy liboslarini xarid qilishga va Kuvayt bozorida sotishga qiziqish bildirdi. Keyingi bosqichda esa O‘zbekistondan matolarni olib kelish orqali tayyor kiyimlarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan rejalarni amaliy amalga oshirish uchun Gulf Mysore general trading company W.L.L kompaniyasi vakillarining joriy yil aprel-may oylarida O‘zbekistonga biznes-missiyasini uyushtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
14:52 / 29.11.2024
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:30 / 23.10.2024