Fan-texnika | 20:28 / 26.02.2024
38009
2 daqiqa o‘qiladi

Meta va Google O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy elektron xizmat kompaniyalari bo‘ldi

Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) 26,4 milliard so‘m soliq to‘lagan, Google – 20,3 milliard so‘m. 

Foto: Getty Images

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 56 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2023 yilda 69,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. 

Eng ko‘p soliq Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) tomonidan to‘langan – 26,4 milliard so‘m. 

Qayd qilinishicha, to‘langan soliqlarning 96,7 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

- Meta — 26,4 milliard so‘m;

- Google — 20,3 milliard so‘m;

- Apple — 12,9 milliard so‘m;

- Amazon — 2,2 milliard so‘m;

- Booking — 1,6 milliard so‘m;

- Netflix — 1,2 milliard so‘m;

- Xsolla — 816,1 million so‘m;

- Zoom — 763,3 million so‘m;

- Yandex — 690,4 million so‘m;

- Adobe Systems — 436,9 million so‘m. 

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.

Mavzuga oid