Jahon | 08:41 / 01.03.2024
12837
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda Olmaota - Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar 29 nafar yo‘lovchi mustaqil ravishda avtobusdan tushib ketgan.

Foto: MChS RK

Jambil viloyatining Olmaota—Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar 29 nafar yo‘lovchi mustaqil ravishda avtobusdan tushib ketgan. 

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda yong‘in o‘chirilgan.

Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Yong‘inning dastlabki sababi - elektr simlardagi qisqa tutashuv.

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun 9 nafar shaxsiy tarkib va texnikalar jalb qilingan.

Mavzuga oid