Jamiyat | 17:05 / 04.03.2024
15797
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi

Yangiyo‘l tumanida yashovchi erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etdi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga kadar tekshiruv ketmoqda.

3 mart kuni ertalab Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er-xotin is gazidan vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Yakshanba kuni soat 06:30 larda tumanning Yangi bo‘ston ko‘chasidagi uyda yashovchi 68 yoshli erkak va uning turmush o‘rtog‘i o‘z xonadoni yotoqxonasida is gazidan zaharlangan.

Yangiyo‘l shahar tumanlararo sud tibbiy ekspertiza bo‘limining 3 martdagi birlamchi ma’lumotnomasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish, miya va o‘pka shishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan. Buning isboti tariqasida ichki a’zolarning alvon-qizg‘ish rangdaligi ma’lum qilingan.

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid