Yangiyo‘lda 1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan shaxs aniqlandi
Fuqaro yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 1 milliard so‘mlik 226,5 ming kVt/soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Bosh prokuratura tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, fuqaro N.I. Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri Yangi bog‘ mahallasidagi yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 1 milliard so‘mlik 226,5 ming kVt/soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Mavzuga oid
11:08
Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
09:19 / 19.12.2024
To‘rt viloyatda gaz va elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
08:14 / 18.12.2024
1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi
09:02 / 16.12.2024