O‘zbekiston | 08:31 / 05.03.2024
10356
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamaygani ma’lum qilindi

2023 yil yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi O‘zbekistonda ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi.

Mamlakatda 2023 yil yakuniga ko‘ra ishsizlik darajasi 6,8 foizni tashkil etib, avvalgi yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga kamaydi.

2023 yilning dekabr oyida vazirlik huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan respublikaning 208 ta shahar va tumanida navbatdagi ijtimoiy so‘rov o‘tkazildi.

Xalqaro mehnat tashkiloti tavsiyalari asosida o‘tkazilgan tadqiqot davomida 1 000 ta o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 10 000 uy xo‘jaliklari hamda 53 ming 300 nafar fuqaro qamrab olindi.

2024 yilning 1 yanvar holatiga mehnat resurslari soni 19 million 724 ming 900 kishini tashkil etib, 2023 yilning shu davriga nisbatan 207 ming 400 kishiga (1,1 foizga) oshgan.

Mavzuga oid