O‘zbekiston | 12:18 / 05.03.2024
9330
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida episentri Bo‘stonliq tumani bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2 ballni tashkil etdi.

5 mart kuni soat 11:52 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng. Chuqurlik — 15 km. Episentr esa Toshkentdan 96 km janubi-sharqda joylashgan.

Yer qimirlashi sezilish kuchi 2 ballni tashkil etgan.

Bu mart oyida O‘zbekiston hududlarida yuz bergan uchinchi zilzila hisoblanadi. 1 mart kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida, 4 mart kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yer qimirlagandi.

Mavzuga oid