O‘zbekiston | 11:44 / 06.03.2024
4286
1 daqiqa o‘qiladi

Sharja aeroportida og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

O‘zbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarida og‘ir jarohat olgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari BAAning Sharja aeroportida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida og‘ir jarohat olgan vatandosh holidan xabar oldi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Diplomatlar S.Sh.I. holidan xabar olish uchun "Al Qassimi" kasalxonasiga tashrif buyurib, konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish yo‘nalishida bir qator masalalar, jumladan tibbiy muolaja xarajatlarini mahalliy tashkilotlar tomondan qoplanishiga erishdi.

1955 yilda tug‘ilgan S.Sh.I. amalga oshirilgan konsullik-huquqiy tadbirlar natijasida vatanga qaytarildi. Fuqaro va uning hamrohi Uzbekistan airways kompaniyasi tomonidan bepul taqdim qilingan aviachipta bilan O‘zbekistonga qaytib ketdi.

Shuningdek, S.Sh.I. kasalxonada davolanishi mobaynida uning BAAda bo‘lib turgan qarindoshlariga Sharja xalqaro aeroporti tomonidan bepul mehmonxona taqdim etildi.

Mavzuga oid