870 mln so‘mlik shakarning bojxona orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
Toshkent viloyatida temiryo‘l vagonida noqonuniy olib kirilishi rejalashtirilgan 58 tonna shakar borligi aniqlandi.
“Yangiyo‘l” TIF bojxona post xodimlari tomonidan Zangiota tumanida joylashgan “O‘rtaovul temir yo‘l” stansiyasiga kirib kelgan temiryo‘l tarkibi “O‘rtaovul Log” bojxona omborida tovarlar ortilgan temiryo‘l vagoni bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.
Natijada yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan kepak orasiga xufiyona yashirilgan 870 mln so‘mlik 58 tonna shakar borligi aniqlangan. Mazkur tovarlarni noqonuniy yo‘llar bilan olib kirish orqali davlat budjetiga 690,4 mln so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan qochishga urinish rejasi amalga oshmadi.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:15
Bojxona postidan 1,3 mln rublni yashirincha olib chiqish urinishi aniqlandi
10:31 / 22.12.2024
Bojxona postidan 9 oylik chaqalog‘ining kiyimlariga dori yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
19:33 / 05.12.2024