O‘zbekiston | 15:00 / 07.03.2024
4163
3 daqiqa o‘qiladi

OKMK homiyligida yana bir tikuvchilik fabrikasi ishga tushirildi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining moliyaviy ko‘magi asosida Namangan viloyati Chodak qishlog‘ida yana bir tikuvchilik fabrikasi foydalanishga topshirildi.

Foto: OKMK

“Olmaliq tikuvchilik fabrikasi” deb nomlangan mazkur korxonaning ochilish tadbirida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, Namangan viloyati, Pop tumani hokimligi mas’ullari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun zarur ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga hamohang tarzda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham doimiy ravishda salmoqli hissa qo‘shib kelayotganini ta’kidladi. Va foydalanishga topshirilayotgan tikuvchilik fabrikasi chodaklik xotin-qizlar uchun xalqaro bayramga munosib sovg‘a bo‘lishini bildirdi.

Shuningdek tadbirda so‘z olgan Pop tumani hokimi A’zamjon Sultonov, Chodak kon boshqarmasi mehnat faxriylari, fabrika yosh xodimlari prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shayotgan OKMK rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Ramziy lenta qirqilib, fabrika rasman o‘z faoliyatini boshladi.

Kombinat homiyligida «OKMK Chodak Tekstil» MChJ bilan hamkorlikda ishga tushirilgan tikuvchilik fabrikasiga Yaponiya va Xitoy davlatlarining zamonaviy ilg‘or tikuvchilik dastgohlari keltirilgan.

E’tiborlisi, ushbu korxonada endilikda 520 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlandi.

Fabrika asosan erkaklar va ayollar jinsi shimlari kabi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Korxonaning ishlab chiqarish yillik quvvati 520 ming dona mahsulot bo‘lib, mahsulotlarning 50 foizi eksportga yo‘naltiriladi. Yana bir muhim jihat korxona mahsulotlariga hozirning o‘zida salkam 1 yilga yetadigan buyurtmalar kelib tushgan. 

Tadbirda 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh fabrika ayollari esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Tadbir ishtirokchilari fabrika faoliyati bilan tanishishdi.

Nuroniy otaxonlar bu kabi ezgu amallar bardavom bo‘lishini tilab duo qilishdi.

Shuningdek, fabrika binosida qisqa muddatli o‘quv kurslari ham tashkil etilib, unda hududdagi yoshlar hozirda talab etiladigan kasblarga o‘qitiladi.

Ma’lumot uchun: 2021 yilda kombinat tasarrufida bo‘lgan yotoqxona binosida ham tikuvchilik fabrikasi tashkil etilib, 250 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Bundan tashqari, 2022 yilda ham Chodak qishlog‘ida OKMK va «Ekvatorial Chodak» MChJ hamkorligida tikuvchilik fabrikasi ishga tushirilgan bo‘lib, 250 nafar ayol ish bilan ta’minlangan.

OKMK Axborot xizmati

Mavzuga oid