O‘zbekiston | 19:08 / 07.03.2024
6500
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Jyenevada joylashgan xalqaro tashkilotlardagi yangi doimiy vakili tayinlandi

Bu lavozimda Oliy Majlis Senati raisi kotibiyati mudiri Eldiyor Toshmatov ish boshladi.

Foto: dunyo.info

O‘zbekistonning BMT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi yangi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Jyenevaga bordi va o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi.

U 2023 yil avgustidan O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi BMT doimiy vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ulug‘bek Lapasov o‘rniga tayinlandi.

Eldiyor Toshmatov tayinlovga qadar Oliy Majlis Senati raisi kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. U 41 yoshda, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va Toshkentdagi Webster universitetini tamomlagan.

Toshmatov mehnat faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlagan. 2008 yilda Tashqi ishlar vazirligiga o‘tgan. 2017-2019 yillarda tashqi ishlar vaziri yordamchisi, uning Kotibiyati rahbari, keyinchalik TIV Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022 yildan buyon O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Toshmatov ingliz, nemis, rus va turk tillarini mukammal biladi.

Mavzuga oid