Jahon | 15:26 / 07.03.2024
3865
2 daqiqa o‘qiladi

Sud Navalniyning Melexovodagi koloniyaga qarshi da’volari bo‘yicha ishlarni to‘xtatdi

Sud Navalniyning Vladimir viloyatidagi koloniyaga nisbatan siyosatchi huquqlarini buzganlik haqidagi da’volari bo‘yicha barcha ishlarni to‘xtatdi.

Foto: REUTERS / HOLLIE ADAMS

Kovrov shahar sudi Vladimir viloyatining Melexovo qishlog‘idagi koloniyaga nisbatan o‘sha yerda jazo o‘tagan siyosatchi Aleksey Navalniyning da’volari bo‘yicha ishlarni uning o‘limi tufayli to‘xtatdi. Bu haqda 6 mart, chorshanba kuni SOTAvision xabar berdi. 

Sud Navalniyning uchta da’vosini ko‘rib chiqayotgandi: ishlamayotgan radionuqta, xatlarni tortib olish va onasi bilan muvaffaqiyatsiz uchrashuv. Navalniyning advokati Aleksey Tsvetkov ishlarning tugatilishini emas, balki to‘xtatilishini so‘radi, chunki siyosatchining qarindoshlari «qonunda ko‘zda tutilgan barcha vositalar bilan uning buzilgan huquqlarini himoya qilishni davom ettirish niyatida». 

Koloniya vakilining ta’kidlashicha, u da’volar bo‘yicha ish yuritishni tugatishga e’tiroz bildirmaydi, chunki fikricha, «Aleksey Navalniy IK-6da bo‘lgan vaqtida merosxo‘rlar va bo‘lajak merosxo‘rlarning manfaatlari va huquqlari hech qanday tarzda buzilmadi». Oxir-oqibat sud advokatning iltimoslarini rad etdi va ish yuritishni «ma’muriy da’vogarning o‘limi tufayli» tugatishga qaror qildi. 

Aleksey Navalniyning o‘limi

Navalniy 2022 yil iyun oyida Vladimir viloyatidagi IK-6ga o‘tkazilgan. Siyosatchi o‘z huquqlarining buzilishi, jumladan, doimiy ravishda jazo kamerasiga joylashtirilishi, shuningdek, qo‘ng‘iroqlar va tashriflarni taqiqlash sababli koloniyaga qarshi muntazam ravishda sudga murojaat qilgan.

O‘tgan yilning oxirida Navalniy Yamal-Nenets avtonom okrugi Xarp qishlog‘idagi «Polyarnyy volk» maxsus rejimdagi qutb doirasida joylashgan koloniyaga o‘tkazildi. 2020 yilda «Novichok»dan zaharlanishdan omon qolgan siyosatchi 16 fevral kuni noaniq sharoitda u yerda vafot etdi. Navalniy tarafdorlari uning o‘ldirilganini da’vo qilib, o‘limi sabablarini tekshirishga va’da berdi.

Mavzuga oid