O‘zbekiston | 09:08 / 12.03.2024
10208
1 daqiqa o‘qiladi

Yuqori To‘palang tabiat bog‘i xodimlari qo‘ng‘ir ayiqni tasvirga oldi 

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ushbu noyob jonivorlar Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida 12 boshi uchrashi aniqlangan.

Surxondaryo viloyatida joylashgan Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘i xodimlari qo‘ng‘ir ayiqni tasvirga oldi. 

Viloyat Ekologiya boshqarmasi xabariga ko‘ra, milliy tabiat bog‘ida nazorat ishlarini olib borayotgan davlat inspektorlari ozuqa qidirayotgan qo‘ng‘ir ayiqni tasvirga tushirdi. 

Qo‘ng‘ir ayiqlar, asosan, Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika hududlarida uchraydi. Ular qishning uzoq davom etishiga qarab 7 oygacha uyquga ketishi mumkin. 

Mamlakatda ayiqlar issiq iqlim sharoitida erta bahordan harakatga kela boshlaydi. 

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ushbu noyob jonivorlar Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida 12 boshi uchrashi aniqlangan.

Mavzuga oid