Aliment to‘lamagani uchun qidiruvdagi yangiyo‘llik ota uyining boloxonasida yashiringan joyidan ushlandi
U bir nafar farzandi uchun 2 yillik aliment pullarini to‘lamagan, umumiy qarzdorlik 30 mln so‘mdan oshgan.
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida farzandi ta’minoti uchun aliment to‘lamagan hamda ikki yil oldin qidiruvga berilgan ota topildi. Bu haqda Kun.uz’ga MIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIBning Toshkent viloyati boshqarmasi tezkor qidiruv shu’basi tomonidan Yangiyo‘l tumanida aliment qarzlarini qasddan to‘lamay qochib yurgan qarzdor shaxslarni qidirib topish bo‘yicha navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda 2022 yildan beri qidiruvda bo‘lgan, 1 nafar farzandi uchun alimentdan 30 mln so‘m qarzi bor fuqaro X.A. o‘z hovlisining boloxonasidan topilgan.
Qarzdor ota shu zahoti tegishli tartibda ushlanib, dalolatnoma tuzilgan. Tuman bo‘limi davlat ijrochisi esa aliment to‘lash majburiyatini qasddan bajarmagan qarzdor shaxsga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rish masadida uning ishini sudga chiqargan.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan vaqtida alimentdan qarzdor bo‘lgan 392 nafar shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, shundan 235 nafari topilgan.
Oldinroq Surxondaryo viloyatining Angor tumanida alimentdan qarzdorligi uchun ikki yil oldin qidiruvga berilgan ota uyining yerto‘lasidan topilgandi.
Mavzuga oid
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
13:53 / 28.11.2024
Yangiyo‘lda bir oilaning 5 a’zosini o‘ldirgan shaxs umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
20:35 / 07.11.2024
2 tup chinorni kesgan shaxs tabiatga 199 million so‘m zarar yetkazdi
16:12 / 05.11.2024