O‘zbekiston | 14:18 / 16.03.2024
3884
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat «Hayotiy davr shartnomasi» asosida ishlash tartibini tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

“Hayotiy davr shartnomasi” asosida ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom mazkur shartnomalar asosida ishlash tartibi va yo‘nalishlari, shartnomalarni tuzish va ularning reyestrini yuritish tartibini belgilaydi.

Ma’lumot uchun: poytaxtda ayrim obektlar negizida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ tomonidan qiymati 1 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan DXSh loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan. Kompaniyaga ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha obekt (mahsulot)ni barpo etish (ishlab chiqish)dan boshlab foydalanishga topshirish va kelgusida ekspluatatsiya qilish (qo‘llab-quvvatlash)gacha bo‘lgan barcha jarayonlardagi ishlarni davlat xaridlari doirasida “Hayotiy davr shartnomasi” asosida bitta tadbirkor bilan hamkorlikda amalga oshirishga ruxsat etilgan.

“Hayotiy davr shartnomasi” quyidagi yo‘nalishlarda tuziladi:

avtomobil yo‘llari, shu jumladan, yo‘lbo‘yi infratuzilmasi obektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni saqlash;
kommunal xo‘jaligi sohasidagi obektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ularni saqlash;
ijtimoiy soha obektlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, jihozlash va ularni saqlash;
dasturiy ta’minotlarni loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishga tushirish va kelgusida qo‘llab-quvvatlash.
 
Tegishli davlat organi (tashabbuskor) kompaniyaga “Hayotiy davr shartnomasi” asosida loyihani amalga oshirish haqida buyurtmani taqdim etadi.

Kompaniya tomonidan loyihani tasdiqlash haqida qaror qabul qilinib, amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi va “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ijrochilar tanlanib, shartnomalar imzolanadi.

Shartnomalar ro‘yxati maxsus portalda yuritiladi.

Mavzuga oid