Svetofor ishlamagan, yuk mashina asosiy yo‘lda harakatlangan – Buxorodagi YTH videosi paydo bo‘ldi
Kogon tumanida maktab o‘quvchilarini Buxoro shahriga teatr tomoshasiga olib ketayotgan avtobus beton qoruvchi mashina bilan to‘qnashgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holat tasvirlangan videoda ko‘rinishicha, YTH sodir bo‘lgan chorrahada o‘sha vaqtda svetofor ishlamayotgan bo‘lgan, harakatni tartibga solish uchun esa YPX inspektori ham bo‘lmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanida maktab o‘quvchilari mingan avtobus beton qoruvchi mashina bilan to‘qnashgan on tasvirlangan video paydo bo‘ldi.
Videodan ko‘rinishicha, YTH sodir bo‘lgan vaqtda chorrahada svetofor ishlamayotgan bo‘lgan.
Beton qoruvchi mashina chorrahada asosiy yo‘ldan harakatlangan. Avtobus bilan bir yo‘nalishda, undan oldinroq harakatlanib kelgan yengil mashina to‘xtab, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan beton qoruvchi mashinaga yo‘l bergan. Biroq ichida o‘quvchilar bo‘lgan avtobus esa harakatlanishda davom etib, yuk mashinasiga urilgan. Buning oqibatida avtobus ham, yuk mashinasi ham ag‘darilib kelgan.
Avvalroq Kogon tumanidagi maktab o‘quvchilarini Buxoro shahriga teatr tomoshasiga olib ketayotgan avtobus YTHga uchragani, oqibatda bir o‘quvchi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati o‘quvchi shifoxonada vafot etganini bildirdi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy axborotida esa u voqea joyida halok bo‘lgani aytildi.
Mavzuga oid
17:57
Qozog‘istonda yo‘lda buzilib qolgan avtobusdan o‘zbekistonliklar qutqarildi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
21:02 / 26.11.2024