O‘zbekiston | 08:12 / 22.03.2024
6235
2 daqiqa o‘qiladi

Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi 31 yoshli V.F. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 909 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Foto: AP

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi 24 yoshli Q.U. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan Q.U internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabarni (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Q.U.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JK 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Mavzuga oid