O‘zbekistonda mobil raqam qariyb 88 ming dollarga sotildi
200 mln boshlang‘ich narx bilan auksionga chiqarilgan +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotildi. Uch soatdan ko‘p vaqt davom etgan onlayn-savdolarda 10 ta talabgor ishtirok etib, ular tomonidan 87 marotaba narx takliflari berilgan. Buning natijasida mobil raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga qimmatlagan.
Tovar-xomashyo birjasida o‘tkazilgan onlayn auksionda +998200000000 mobil raqami 1 mlrd 70 mln so‘mga sotildi. Ushbu ko‘rsatkich birjaning mobilraqam.uzex.uz savdo tizimi ishga tushirilgan paytdan buyon mobil raqamning eng maksimal bahosi hisoblanadi.
«Mazkur mobil raqam jismoniy shaxsga mo‘ljallangan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi 200 000 000 so‘mni tashkil qilgan. Uch soatdan ko‘p vaqt mobaynida davom etgan onlayn-savdolar davomida 10 ta talabgor ishtirok etib, ular tomonidan 87 marotaba narx takliflari berilgan. Buning natijasida mobil raqamning boshlang‘ich bahosi 5 barobarga o‘sdi», deyiladi birja matbuot xizmati xabarida.
Endilikda, auksion g‘olibi mobil raqamni 10 ish kuni davomida uyali aloqa operatorida rasmiylashtirishi kerak.
Auksion qoidalariga ko‘ra, xaridordan komissiya yig‘imi (bu yerda 32,4 mln so‘m) ham undirilishi ko‘zda tutilgan. Natijada mazkur mobil raqam xaridor uchun qariyb 1,1 mlrd so‘mga aylanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda mobil raqamlarni auksion orqali sotish jarayoni 2019 yilning 4 iyunidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan. Auksion onlayn shaklda mobilraqam.uzex.uz veb-sayti orqali o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
19:59 / 18.12.2024
Toshkentda yo‘lbo‘yi avtoturargohlarini tashkil etish uchun boshqa kompaniya tanlandi
01:13 / 21.11.2024
Belgiyalik rassomning «Yorug‘lik imperiyasi» turkumiga kiruvchi kartinasi 121,2 mln dollarga sotildi
18:43 / 16.08.2024
Toshkentda AQSh elchixonasi eski xizmat avtomobillari auksioni qoldirildi
11:29 / 14.08.2024