O‘zbekiston | 15:43 / 28.03.2024
2747
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziya O‘zbekiston vazirlik va idoralari xodimlarini qayta tayyorlashda ishtirok etishi mumkin

Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibining ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Bala Chandran Tarman bilan uchrashuv o‘tkazdi.

"Dunyo" xabariga ko‘ra, suhbat davomida O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida Malayziya texnik hamkorlik dasturi doirasida O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Kuala-Lumpur shahrida rejalashtirilgan iqtisodiy diplomatiya, davlat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurash, islom moliyasi va bank ishi, halol sanoati, hududiy iqtisodiy rivojlanish, AKT, ta’lim, kiberxavfsizlik, turizmni boshqarish kabi o‘quv kurslarida O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida kelib olindi.

Mavzuga oid