Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi
Erkak 6 yilga qamalgan. Ayolning qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib, unga 3 yil qamoq jazosi berilgan.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida qiz egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga sud hukmi o‘qilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, huquqni himoya qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatida doimiy ro‘yxatdan erkak va Sirdaryo viloyatida yashovchi ayol o‘zlarining egiz qizlarini bir xonali uy evaziga berib yubormoqchi bo‘lganida ushlangan.
Qo‘lga tushgan erkak moddiy jihatdan qiynalgani uchun egizaklarni fuqarolardan biriga bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lganini aytgan. Biroq tekshirib ko‘rilganda uning moddiy tomondan qiynalgani o‘z isbotini topmagan.
Ish hujjatlaridan ma’lum bo‘lishicha, ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirgach eri bilan birgalikda ularni uyga ayirboshlashga kelishgan. Tezkor tadbirda erkak uy hujjatlarini olayotgan paytda qo‘lga tushgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida erkak egizaklaridan tashqari yana to‘rt nafar farzandi borligini, ayolning esa avvalgi turmushidan ikki nafar farzandi borligini aytib, suddan yengillik so‘ragan.
Sud majlisida erkak va ayol Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilgan. Ayolning qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib, unga Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llagan holda 3 yil qamoq jazosi berilgan.
Erkakka esa 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
16:38 / 06.12.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari vegetatsiya mavsumi uchun suvni taqsimlab oldi
19:17 / 28.11.2024
Sakkiz yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olindi
15:57 / 26.11.2024