Fan-texnika | 18:14 / 30.03.2024
32004
2 daqiqa o‘qiladi

Inson miyasi yildan yilga kattalashib borayotgani aniqlandi

75 yil davom etgan tadqiqotda 70-yillarda tug‘ilgan odamlarning miya hajmi 30-yillarda tug‘ilganlarga qaraganda 6,6 foizga, miya sirt maydoni esa 15 foiz katta ekani aniqlangan. Bu miyada ko‘proq joy bo‘lishi va aqliy qobiliyat pasayishining oldini olishi mumkin.

Foto: Creative Commons

Kaliforniya universiteti Davis Health markazi tadqiqotchilari inson miyasi tobora kattalashib borayotganini aniqladi. Tadqiqotchilar miya hajmi oshishi miyada zaxiraning ko‘payishi va bu yoshga bog‘liq aqliy kasallikning kamayishiga sabab bo‘ladi deb taxmin qilmoqda.

Tadqiqotning ilk mualliflaridan biri Charlz DeKarli qaysidir 10 yil kimningdir miyasi shakllanishida muhim rol o‘ynashi mumkinligini aytadi. Uning aniqlashicha, miya shakllanishida genetik omillardan tashqari ijtimoiy hayot, tibbiyot, ta’lim ham muhim rol o‘ynaydi.

Tadqiqot 1948 yilda AQShning Massachusets shtatidagi Framingham shahrida yurak-qon tomir va boshqa kasalliklarni tahlil qilish uchun boshlangan. Jami 30-62 yoshlardagi 5209 ayol va erkak qatnashgan. 75 yil davom etgan tadqiqotda hozir ikkinchi va uchinchi avlod vakillari qatnashyapti. 1930 yillarda tug‘ilgan ishtirokchilar uchun miya hajmi o‘rtacha 1,234 millilitrni tashkil etgan bo‘lsa, 1970 yillarda tug‘ilganlar uchun bu hajm 1,321 millilitrni yoki taxminan 6,6 foizga ko‘proq hajmni tashkil etdi.

Miya sirti esa 10 yil ichida ko‘proq o‘sgan. 1970 yillarda tug‘ilgan ishtirokchilarning o‘rtacha miya sirti maydoni 2,104 kvadrat santimetrni tashkil etgan, 1930 yillarda tug‘ilgan ishtirokchilarniki 2,056 kvadrat santimetr bo‘lib, bu oldingidan 15 foizga oshganini bildiradi.

Ma’lumot uchun Amerikada Alsgeymer bilan kasallanganlar 7 million atrofida bo‘lsa, bu raqam 2040 yilga borib 11 milliondan oshishi kutilyapti. Lekin qiziq jihati shundaki, amerikaliklar soniga nisbatan xotira kasalligi bilan kasallanish qisqargan. Amerikada 1970 yildan beri har 10 yilda kognitiv kasalliklar bilan kasallanish 20 foizga kamaygan. 

Mavzuga oid