Iqtisodiyot | 15:23 / 02.04.2024
11790
2 daqiqa o‘qiladi

Birinchi chorakda davlat budjeti defitsiti 19,8 trln so‘mdan oshdi

Joriy yil yanvar oyida davlat budjeti taqchilligi 5,7 trln so‘mni, fevralda 7,2 trln so‘mni, martda 6,8 trln so‘mni tashkil etdi.

Foto: Kun.uz

Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar oyida davlat budjeti daromadlari – 16 trln 159,9 mlrd so‘mni, xarajatlari esa – 21 trln 926,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Budjet daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi farq 5 trln 766,8 mlrd so‘m.

Fevral oyida davlat budjeti daromadlari – 16 trln 908,9 mlrd so‘m, xarajatlari esa – 24 trln 137,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 7 trln 228,1 mlrd so‘m.

Mart oyida esa davlat budjeti daromadlari – 17 trln 457,2 mlrd so‘m, xarajatlari esa – 24 trln 307,1 mlrd so‘m bo‘lgan. Salbiy farq – 6 trln 850 mlrd so‘m.

Umumiy hisobda o‘tgan uch oylikdagi davlat budjeti taqchilligi 19 trln 884,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan.

2024 yil uchun davlat budjeti haqidagi qonunga ko‘ra, budjet daromadlari 270,4 trln so‘mni, xarajatlar esa 280,7 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. Konsolidatsiyalashgan budjet defitsiti esa 52,6 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 4 foiz darajasida chegaralangan.

Mavzuga oid