ChatGPT xizmatidan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish imkoniyati taqdim etildi
OpenAI kompaniyasi buni «Sun’iy intellekt imkoniyatlariga qiziqqan har bir kishi uchun» bosqichma-bosqich joriy etishini ma’lum qildi.
OpenAI kompaniyasi sun’iy intellektga asoslangan ChatGPT xizmatidan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi. Avval undan mobil telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda foydalanish mumkin edi.
Kompaniya «Sun’iy intellekt imkoniyatlariga qiziqqan har bir kishi uchun» buni bosqichma-bosqich joriy etishini ma’lum qildi.
«185 mamlakatda 100 milliondan ortiq kishi har hafta ChatGPT xizmatidan yangi narsalarni o‘rganish, ijodiy ilhom topish va o‘z savollariga javob olish uchun foydalanadi. Bugundan boshlab ChatGPT xizmatidan ro‘yxatdan o‘tmasdan foydalanishingiz mumkin», deyiladi kompaniya xabarida.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, ChatGPT xizmatidan ro‘yxatdan o‘tgan holda foydalanish ko‘plab afzalliklarni, jumladan chat tarixini saqlash va ko‘rish, chatlarni almashish va ovozli suhbatlar va maxsus ko‘rsatmalar kabi qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish imkonini beradi.
ChatGPT bepul versiyadan tashqari, jismoniy shaxslar, guruhlar va kompaniyalar uchun pullik versiyalarni ham taklif qiladi. Kompaniya, shuningdek, o‘z modellarini yaxshilash uchun foydalanuvchilar tomonidan taqdim etilgan kontentdan foydalanishi mumkinligini ma’lum qilgan. Biroq foydalanuvchilar bu xususiyatni o‘chirib qo‘yishi mumkin.
Mavzuga oid
00:05
ChatGPT bepul qo‘ng‘iroqlar va yozishmalar uchun telefon raqamiga ega bo‘ldi
22:17 / 20.12.2024
Italiyada OpenAI kompaniyasi 15 mln yevro jarimaga tortildi
00:47 / 20.12.2024
Appleʼning sun’iy intellekt funksiyasi yolg‘on sarlavha bilan xabar tarqatdi
16:32 / 19.12.2024