Iqtisodiyot | 09:10 / 03.04.2024
14882
1 daqiqa o‘qiladi
Taksida bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi ma’lum qilindi
Aprel oyining birinchi kunida onlayn-agregatorlar orqali taksi xizmatlari aylanmasi 14 mlrd so‘mdan oshdi.
Joriy yilning 1 aprel kuni soliq organlari bilan integratsiyalangan onlayn agregatorlar orqali yo‘lovchi tashish xizmati ko‘rsatuvchi 70,9 mingta sub’yekt tomonidan 889,3 ming marta qatnov amalga oshirilgan.
Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tashish xizmatlari uchun 14,5 mlrd so‘m to‘langan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 11,4 mlrd so‘mi naqd pulda, 3,1 mlrd so‘mi naqdsiz hisob-kitob qilingan.
Bir martalik yo‘lovchi tashishning o‘rtacha narxi 16 388 so‘mni tashkil etadi.
Mavzuga oid
10:44 / 17.12.2024
Toshkent metrosi ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi
08:10 / 11.12.2024
Ayrim taksichilar yo‘lkirani asossiz ravishda oshirgani aniqlandi
12:19 / 22.11.2024
Toshkentda nogironligi bo‘lganlar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi
17:37 / 12.11.2024