O‘zbekiston | 23:39 / 03.04.2024
15651
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq banki pensionerlarga o‘tkazilgan mablag‘lar texnik xato tufayli qaytarib olinganini ma’lum qildi

Bank bunday muammo pensionerlarning 3 foizida kuzatilganini va mablag‘lar qaytarib berilishini ta’kidlamoqda.

Ayrim pensionerlarning bank kartalariga o‘tkazilgan pensiya pul mablag‘lari bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan. Jumladan, kartaga o‘tkazilgan mablag‘lar yana qaytarib olingani kuzatilgan. Xalq banki bunga munosabat bildirdi.

Qayd qilinishicha, Xalq banki tizimida pensiya mablag‘larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda, ba’zi pensionerlarning bank kartalariga o‘tkazilgan mablag‘lar bekor qilingan. Mazkur holat pensiya oluvchilarning 3 foizida kuzatilgan.

Ta’kidlanishicha, hozir ushbu xatolik bartaraf etilib, pul mablag‘lari yana karta egalariga qaytarilmoqda.

Xalq bankining eslatishicha, barcha pensiya oluvchilarga, shu jumladan, yuqoridagi muammoga duch kelgan mijozlarga pensiya mablag‘lari oyning 5-sanasigacha o‘tkazib beriladi.

Mavzuga oid