Namanganda IIB hushyorxonasida fuqaro vafot etdi. Ombudsman holatni nazoratga olgan
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, profilaktika inspektori tomonidan hushyorxonaga joylashtirilgan mast erkak temir panjaraga choyshab bilan o‘zini osib, voqea joyida vafot etgan. Prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini boshlagan.
Namangan viloyatining Chortoq tumanida fuqaro IIB hushyorxonasida vafot etgan. Holat Ombudsman tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganilgan.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 7 aprel kuni soat 20:00lar atrofida marhum I.U.ning turmush o‘rtog‘i eri uyga mast holda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.
Inspektor murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan va marhumni Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirilgach marhum soat 21:58 da hushyorxonaga topshirilgan.
Marhum 8 aprelga o‘tar kechasi soat 00:45larda hushyorxonaning darchasidagi temir panjaraga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini bo‘yin sohasidan osgan hamda voqea joyida vafot etgan.
“Ombudsmanga taqdim etilgan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi “bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi” oqibatida sodir bo‘lgan. Uning tanasida “bo‘yin qismidagi strongulatsion egat”dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan”, deyiladi Ombudsman xabarida.
Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:28 / 18.12.2024
Guliston IIB TB fuqarolik nizosidan jinoyat ishi “yasadi”. Tergovchi yangi yilni issiq uyida, 50 yoshli ayol esa Rossiya hibsxonasida kutib oladimi?
19:25 / 02.12.2024
Navoiyda pora olgan IIB xodimi ozodlikdan mahrum qilindi
18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi
21:43 / 21.11.2024