Jahon | 17:40 / 11.04.2024
15788
6 daqiqa o‘qiladi

Novosibirskda migrantlarga «ov», Xarkiv va Donetsk oblastlariga zarbalar. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 777-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Kursk oblastida dron fuqarolik avtomobiliga hujum qildi. Uch kishi halok bo‘lgan, shundan ikki nafari — bolalar.
  • Odessa rayoniga raketa zarbasi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, jumladan o‘n yoshli qiz ham, yetti kishi yaralangan.
  • «Tinchlik formulasi» muhokamasi uchun xalqaro sammit Shveytsariyada 15-16 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga Rossiya ham taklif etilgandi — ammo RF vakillari taklif qabul qilinmaganini bildirgan.
  • Yevropa ittifoqi sudi Fridman va Avenga qarshi sanksiyalar bo‘yicha dastlabki qarorni bekor qildi. Lekin biznesmenlarga ayrim cheklovlar saqlanib qoladi.
  • Zelenskiy Trampning Ukraina yerlarini berish evaziga urushni to‘xtatish bo‘yicha taklifini «primitiv» deb atadi.
  • Xarkiv oblasti o‘qqa tutilishi oqibatida uch kishi, jumladan 14 yoshli qiz halok bo‘lgan.

Rosgvardiya Novosibirskda migrantlar harbiy hisobga turganini tekshirmoqda

Rossiyaning turli regionlarida huquq-tartibot organlari reydlar uyushtirib, Rossiya fuqaroligini olgan chet elliklar harbiy hisobga turishi uchun harbiy komissariatga chaqiruv qog‘ozlarini topshirmoqda. Xususan, oktyabrda Moskva yaqinidagi Kotelniki shahrida masjidga kelganlar qo‘lga olingandi, ular orasida «Perepoy zvezdu» shousi finalchisi Mamut Useinov ham bor edi — yakunda uni harbiy qismga yuborishgan. Moskva oblastidagi Elektrostalida ham kamida ikki bor — 2023 yil noyabrida va 2024 yil mart oyi oxirida Wildberries omborxonalariga reydlar uyushtirilib, ishchilarga chaqiruv qog‘ozlari tarqatilgan. Harbiy komissariatda ro‘yxatdan o‘tmagan migrantlarni qurilish maydonlarida, haydovchilik guvohnomasini olish uchun Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘limida navbatda turganida va restoranlarda izlashmoqda. 10 aprel kuni esa Novosibirskdagi savdo markazlaridan birida harbiy hisobga turmaganlarni qidirish uchun reyd o‘tkazildi.

Reydda Rosgvardiya, RF Tergov qo‘mitasi, IIV va Novosibirskdagi harbiy komissariat xodimlari ishtirok etgan
Aleksandr Kryajyev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
Reyd davomida 200 dan ortiq kishi tekshirilgan, 13 kishiga harbiy komissariatda harbiy hisobdan o‘tish uchun chaqiruv qog‘ozi berilgan, shuningdek migratsiya qonunchiligini buzgan ikki chet ellik aniqlangan
Aleksandr Kryajyev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA
The Beet nashri yozishicha, RF hukumati Ukrainadagi urushga Markaziy Osiyodan kelgan migrantlarni ko‘proq yuborishga harakat qilmoqda. Ularga RF fuqaroligini olishni tezlashtirish va’da qilinmoqda, Rossiya pasportini olib bo‘lganlar esa — kuch bilan harbiy komissariatlarga yuborilmoqda, safarbarlikdan bo‘yin tovlaganlarga esa deportatsiya bilan tahdid qilinmoqda.
Aleksandr Kryajyev / Sputnik / imago images / Scanpix / LETA

Rossiyaning Xarkiv va Donetsk oblastlari bo‘ylab zarbalari oqibatlari 

10 aprel kuni RF qo‘shini Xarkiv oblasti Lipsi qishlog‘iga aviazarba yo‘lladi
Xarkiv harbiy ma’muriyati rahbari Telegram-kanali / Reuters / Scanpix / LETA
«Dushman zarbasi oziq-ovqat do‘koni va dorixonaga keldi», — deya xabar qilgan Xarkiv oblasti prokuraturasi
Xarkiv harbiy ma’muriyati rahbari Telegram-kanali / Reuters / Scanpix / LETA
Uch kishi halok bo‘lgan: ikki ayol va 13 yoshli qiz. 34 yoshli ayol va 16 yoshli o‘smir yaralangan
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina JKning urush urf-odatlarini buzish moddasi bo‘yicha sudga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Prokuraturaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu aholi yashash manziliga aviabomba tashlangan
Volodymyr Pavlov / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya qo‘shini KAB-500 aviabombalarini 10 aprel kuni Donetsk oblastining Konstantinovka shahriga ham tashladi
Andriy Reznikov / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Bombalardan biri xususiy turar joy binosini vayron qilgan, ikkinchisi — temiryo‘l stansiyasi hududidagi ko‘p qavatli uy, cherkov va do‘konga shikast yetkazgan
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
10 aprel kuni Konstantinovkaga yo‘llangan zarba oqibatida uch kishi halok bo‘ldi — 1964 yilda tug‘ilgan erkak, 1981 yilda tug‘ilgan ayol va uning 2011 yilda tug‘ilgan o‘g‘li. Ukraina FVDX xabariga ko‘ra, qurbonlarning jasadlari vayron bo‘lgan bino xarobalari ostidan topilgan
Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv opera va balet teatri yerto‘lasida repetitsiya

Rossiya qo‘shini so‘nggi haftalarda deyarli har kuni Xarkiv bo‘ylab zarbalar yo‘llab, shahar energetika infratuzilmasini yakson qilishga harakat qilmoqda. Zarbalar tufayli shaharda elektr uzatishda muammolar kuzatilmoqda, elektrda ishlovchi transport harakati to‘xtatilgan, metro esa boshpana rejimida ishlamoqda. Ammo Xarkiv opera va balet milliy akademik teatri faoliyatini davom ettirmoqda, repetitsiyalar hozircha asosiy zalda emas, otishmalardan himoya vazifasini o‘tovchi yerto‘lada olib borilmoqda.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid