Kiyevda urushdan zarar ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi
Kiyev shahrida O‘zbekiston-Ukraina biznes kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat ishbilarmon doiralarining o‘zaro hamkorligi, urushdan jabr ko‘rgan Ukraina korxonalarini O‘zbekistonga ko‘chirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Ukraina poytaxti Kiyev shahrida O‘zbekiston-Ukraina biznes-kengashining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kengashga raislik qiluvchi tadbirkor Zafar Hoshimov xabar berdi.
Kengash 2021 yili O‘zbekiston va Ukraina Savdo-sanoat palatalari tomonidan ta’sis etilgan bo‘lib, shundan beri u har ikkala mamlakat tadbirkorlari orasida samarali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlab kelmoqda.
“Ukrainada davom etayotgan urush sharoitida ham mamlakatlarimiz ishbilarmonlari o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini o‘sishiga erishganliklari bunga dalil bo‘la oladi”, deydi Zafar Hoshimov.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Ukraina elchilari, Ukraina Savdo-sanoat palatasi raisi va mutasaddilari hamda Ukraina ishbilarmonlik doiralari vakillari qatnashdi.
“Uchrashuv juda ochiq va samimiy o‘tdi va unda mavjud muammolar qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbir va amallar belgilandi. Shunday muammolardan biri, misol uchun keltirsam, Ukrainaga O‘zbekistondan keladigan tekstil mahsulotlarining bojxona qiymatini bizdan kelayotgan invoys va deklaratsiya asosida emas, balki qator xollarda ukrain bojxonasi belgilaydigan qimmatroq qiymatda qayd etilib, mahsulotlarimiz Ukraina bozoriga kirayotgan paytida yuqoriroq QQSga tortilyapti”, deb yozadi tadbirkor.
Yig‘ilishda shu kabi muammolar ukrain hamkorlari va mutasaddilari e’tiboriga havola etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishga kelishib olindi. Yana qator masalalar, jumladan urush sharoitida aziyat chekayotgan qator ukrain ishlab chiqarish korxonalarini O‘zbekistonga relokatsiya qilish, kreativ iqtisodiyotda hamkorlikni oshirish kabi takliflar muhokama etildi.
Mavzuga oid
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024
Zelenskiy bir qator ukrainalik diplomatlarni ishdan oldi
15:13 / 21.12.2024