Raqobat qo‘mitasi shakar narxi arzonlashganini ma’lum qildi
Birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga oshirilib, boshlang‘ich narxi 6 foizga pasaytirilgan.
Joriy yil 16 apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga (2 100 tonnadan – 2 500 tonnaga) oshirilib, boshlang‘ich narxi 6 foizga (13 600 so‘mdan – 12 860 so‘mga) pasaytirilgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.
«Bugungi kunda (16 aprel) mahalliy korxonalar tomonidan birja savdolariga jami 2 500 tonna shakar mahsuloti boshlang‘ich narxi 12 860 so‘mdan qo‘yilib, 88 foizi (yoki 2 206 tonnasi) 1 kg uchun o‘rtacha 13 039 so‘mdan realizatsiya qilingan.
Shu bilan birga, dehqon bozorlari va yirik savdo tarmoqlarida shakar mahsulotining chakana narxi avvalgi vaqtga nisbatan arzonlashgan bo‘lib, uning 1 kg uchun 13 000 so‘mdan sotilishi ta’minlanmoqda. Raqobat qo‘mitasi tomonidan shakar mahsuloti narxlari yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatilganligi va uning narxlarini barqaror saqlash bo‘yicha zarur chora–tadbirlar ko‘rilayotganini ma’lum qilamiz», deyiladi qo‘mita xabarida.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston ichki bozorida shakarga bo‘lgan ehtiyoj bir yilda o‘rtacha 600-650 ming tonnani tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud. Xususan, bugungi kun holatiga mahalliy shakar zavodlarida 258 ming tonna shakar mahsuloti resurslari bor hamda arzon narxlarda xomashyo yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan.
Mavzuga oid
14:27 / 09.12.2024
Misr O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish korxonasini quradi
15:55 / 05.11.2024
Homiladorlikda shakar iste’moli kamaytirilsa, bola ulg‘ayganda qandli diabetga chalinish xavfi pasayadi - tadqiqot
13:55 / 09.10.2024
Shakar qarish jarayonini tezlashtirishi ma’lum bo‘ldi
07:20 / 15.06.2024