Kuchli jala sababli Dubay aeroportida qolib ketgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi
Ularga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgani, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgani ta’kidlanmoqda.
16 aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarida kuchli jala quyishi, suv toshqini yuz berishi oqibatida Dubay xalqaro aeroporti o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Shu sababli, aeroportda qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Qayd qilinishicha, «Dubay – Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirishi kerak bo‘lgan Centrum Air aviakompaniyasi samolyoti parvozi noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilingan. Oqibatda O‘zbekistonning 52 nafar fuqarosi 1 kun davomida Dubay xalqaro aeroportining kutish zalida qolib ketgan.
Ta’kidlanishicha, hamyurtlarni O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq masalalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Uzbekistan Airways va Centrum Air aviakompaniyalari vakillari Dubay xalqaro aeroporti mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazgan. O‘zbekistonliklar 17 aprel kuni Uzbekistan Airways samolyoti bilan vatanga qaytgan.
Mavzuga oid
15:44 / 06.12.2024
BAAda yana 9 o‘zbekistonlik ushlandi. Ular bilan 11 kundan buyon hech kim ko‘risha olmayapti
22:30 / 05.12.2024
Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
22:46 / 28.11.2024
Dubayda suzib yuruvchi politsiya uchastkasi ish boshlaydi
01:49 / 26.11.2024