Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi
U Termizdan Toshkent shahriga kelayotgan avtobusda yonida o‘tirgan ayol uxlab qolganidan foydalanib, unga shilqimlik qilgan. Erkak sudda qo‘li bexosdan ayolga tegib ketganini aytgan.
19 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida shahvoniy shilqimlik qilish bilan bog‘liq ish ko‘rib chiqildi. Kun.uz sud qarorini o‘rgandi.
Sud hujjatida keltirilishicha, holat 2023 yilning 15 noyabr kuni sodir bo‘lgan. 1979 yilda tug‘ilgan A.R. Termiz shahri avtovokzalidan Toshkent shahriga kelayotgan avtobusning ichida bo‘la turib, yonida o‘tirgan ayolning uxlab qolganidan foydalangan holda unga tegajog‘lik qilgan. Uyg‘onib ketgan ayol unga qarshilik ko‘rsatgan, erkak esa u bilan janjallashib, avtovokzalda ommani o‘ziga qaratgan.
Sudda so‘roq qilingan huquqbuzar erkak ayolga qo‘li tegib ketganligini, hozirgi kunda qilgan ishidan pushaymonda ekanligini aytib, unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Ayol esa avtobusda yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan A.R. u uxlab qolganidan foydalanib, kiyimini yechib, ko‘krak qismiga tegajog‘lik qilganini, shundan so‘ng uyg‘onib ketganligi va haydovchiga holatni bildirganini, erkak u bilan janjallashib, haqorat qilganligini aytib ko‘rsatma bergan. Jabrlanuvchi ushbu holat 2023 yil 15 noyabr kuni sodir bo‘lganiga qaramasdan IIO xodimlari A.R.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishmaganligini ma’lum qilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, A.R. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq Toshkent metrosida shilqimlik holatlari ko‘payayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:06 / 20.12.2024
Toshkentda uch erkak homilador ayolga tegajog‘lik qilgani uchun 10 sutkaga qamaldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
21:02 / 26.11.2024