Jahon | 22:26 / 23.04.2024
7993
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya hukumati mamlakat mudofaa sanoatining urush rejimiga o‘tganini e’lon qildi

Kelgusi 6 yil ichida Britaniya o‘zining mudofaa sanoatini rivojlantirishga qo‘shimcha mablag‘ ajratadi, shuningdek, Ukrainaga mudofaa yordami uchun moliyaviy xarajatlarni oshiradi. 

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning harbiy-sanoat majmuasi urush rejimiga o‘tkazilmoqda. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Polshaga amaliy tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi, uning so‘zlari haqida Iteria xabar berdi. 

«Biz Britaniya mudofaa sanoatini urush rejimiga o‘tkazamiz», dedi u brifingda. 

Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, kelgusi 6 yil ichida Britaniya o‘zining mudofaa sanoatini rivojlantirishga qo‘shimcha mablag‘ ajratadi, shuningdek, Ukrainaga mudofaa yordami uchun moliyaviy xarajatlarni oshiradi. 

«Biz mudofaa xarajatlarini 2030 yilga borib YaIM 2,5 foizigacha oshiramiz. Dunyo Sovuq Urushdan keyingi eng xavfli davrga kirganida Britaniya xotirjam bo‘lolmaydi. Dushmanlarimiz yaqinlashganda, o‘z manfaatlarimiz va qadriyatlarimizni himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishimiz kerak. Biz hozirgi vaziyatni tanlaganimiz yo‘q, lekin bunga javob berishimiz kerak», dedi Sunak.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan cheklanib qolmaydi. Ukrainani qo‘llab-quvvatlamaslikning oqibatlari Putin harakatlarini kechiktirish oqibatlaridan ayanchliroq bo‘ladi. 

Qayd etilishicha, London Kiyevga qo‘shimcha 618 million dollar berish, shuningdek, 400 birlik texnika, 400 million o‘q-dori va Storm Shadow havo mudofaa tizimini yuborish majburiyatini oladi.

Mavzuga oid