Xarkivda qoq ikkiga bo‘lingan teleminora va frontdagi azovchilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 789-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Xarkivdagi teleminoraga zarba berdi. U ikkiga ajralib ketgan.
- RF mudofaa vazirligi Maryinka va Vuhledar shaharlari oralig‘idagi Novomixaylovka qishlog‘ini egallagani haqida ma’lum qildi.
- Ukraina qurolli kuchlari Odessa oblasti uzra Rossiya qo‘shini uchirgan yettita drondan oltitasini urib tushirdi.
- Ukraina razvedkasi boshlig‘i Kirill Budanov Ukrainani yaqin vaqtlar ichida ancha og‘ir vaziyat kutayotgani, ammo bu halokat bo‘lmasligini aytdi.
- Rossiyaning 2023 yildagi harbiy xarajatlari miqdori SSSR qulaganidan buyon eng maksimal darajada bo‘ldi.
- Yevroittifoq mamlakatlari sanksiyalarning 14-paketiga Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gazini yetkazib berishga taqiq haqidagi band qo‘shishmoqchi.
- Ko‘chadagi so‘rovdagi so‘zlari uchun armiya to‘g‘risida «feyk» tarqatishda ayblangan moskvalik majburiy jamoat ishlariga hukm qilindi.
- Knauf qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi Rossiyadan ketmoqda. Nemis nashrlari ushbu kompaniyani Mariupolni tiklashda ishtirok etganlikda ayblagandi.
Xarkiv teleminorasiga zarba
Rossiya qo‘shini 22 aprel kuni Xarkiv teleminorasini yakson etdi. Oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovga ko‘ra, minoraga X-59 raketasi kelib urilgan. Minoraning balandligi 240 metrni tashkil etgan, zarba 140 metrlik nuqtasiga berilgan. Inshootning yuqori qismi qulagan, odamlar jabrlanmagan — havo trevogasi e’lon qilinishi bilan barcha xodimlar boshpanalarga yashiringandi. Minora shikastlanishi tufayli Xarkiv shahri va Xarkiv oblastida efirlar uzilib qolgan, aholidan sun’iy yo‘ldosh va kabel televideniyega ulanish so‘ralgan. Sinegubov 23 aprel kuni tongida ma’lum qilishicha, Xarkivda mobil aloqa va internet odatdagidek ishlamoqda.
Ukraina qurolli kuchlari uchun maskirovka to‘rlari to‘qiyotgan ko‘ngillilar
Maskirovka to‘rlari frontdagi harbiylarga o‘z pozitsiyalari yoki texnikalarini raqib razvedkasidan, jumladan dronlardan yashirish uchun kerak. RFning keng ko‘lamli bosqini boshlangach, butun Ukraina bo‘ylab, jumladan Kiyevda ham ko‘ngillilar harbiylar uchun to‘rlar to‘qishga kirishgan.
«Azov»ning Donetsk oblastidagi tibbiyot punkti
«Azov» 2022 yil bahorida qariyb ikki oy mobaynida Mariupoldagi «Azovstal» zavodini himoya qigandi. May oyi o‘rtalarida «Azovstal» himoyachilari qo‘mondonlik buyrug‘i bilan zavod hududidan chiqishadi va asir tushishadi, ularning komandirlari Turkiyaga olib ketiladi, kelishuvga ko‘ra ular urush oxiriga qadar shu yerda qolishi kerak edi. Ammo «Azov» bu bilan o‘z mavjudligini yo‘qotmaydi. 2023 yil iyulida «Azov» komandirlari Ukrainaga qaytishga muvaffaq bo‘lishadi (ularni shaxsan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy vatanga olib qaytadi). Avgust oyida «Azov» tiklangani va jangovar vazifalarni bajarishga kirishgani e’lon qilinadi. «Azov» jangchilari endi asosiy harbiy harakatlar maydoniga aylangan Donbassda jang qilmoqda. Quyidagi tasvirlar «Azov»ning Donetsk oblastidagi barqarorlashtirish punktida olingan, jang maydonida yaralangan askarlar birinchi yordam uchun dastlab shu yerga olib kelinadi.
Mavzuga oid
21:42 / 23.12.2024
WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024
Kursk oblastining Rilsk shahri o‘qqa tutildi
18:44 / 21.12.2024