Jamiyat | 14:44 / 30.04.2024
6285
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda sof quyma oltinni sotayotgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyatining Narpay tumanida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan Narpay tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqarolar Sh.G‘. va I.K. tarkibida tilla zarralari mavjud bo‘lgan qumlarni noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlash orqali tanga shakliga keltirilgan sof quyma oltinni fuqaro Z.I.ga 2000 AQSh dollari va 180 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning og‘irligi 143,9 grammni tashkil qilib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin va 0,06 foiz kumush mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid