Jamiyat | 08:15 / 30.04.2024
5464
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida 15 yoshli qiz ehtiyotsizligi oqibatida chuqurga tushib ketdi

Toshkent viloyati Chinoz tumanida 15 yoshli qiz ehtiyotsizligi oqibatida chuqurga tushib ketdi. 

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV xabariga ko‘ra, 28 aprel kuni soat 19:36 da Toshkent viloyati Chinoz tumani “Hamza” MFY Sh.Rashidov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaroning 15 yoshli qizi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida hovlisidagi chuqurga tushib ketgani bildirilib, uni olib chiqishda amaliy yordam so‘rab, Chinoz tumani FVBga xabar kelib tushgan. 

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida qizni chuqurlikdan sog‘-salomat chiqarib olgan va psixologik hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tibbiyot xodimlariga topshirgan. 

Qizning ahvoli yaxshi bo‘lgani sababli shifoxonadan uyiga javob berib yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Mavzuga oid