O‘zbekiston | 18:27 / 01.05.2024
19743
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Cobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi

Haydovchi katta tezlikda harakatlangan. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Videodan kadr

29 aprel kuni soat 17:00 atrofida Samarqand shahrida Cobalt voyaga yetmagan qizni urib yubordi, deya xabar bermoqda Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, shaharning O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 8-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda qiz tan jarohatlari olib, shifoxonaga davolanish uchun yotqizilgan.

Voqea joyida olingan videoda boshqa bir guruh o‘quvchilar ham o‘tish uchun yo‘l bo‘shashini kutib turganini ko‘rish mumkin, yo‘l yoqasida «Bolalar» belgisi o‘rnatilgan, ammo piyodalar o‘tish joyi va svetofor mavjud emas. Qiz qatnovni kuzatgan holda yo‘lning o‘rtasigacha keladi, ammo katta tezlikda kelgan Cobalt uni urib yuboradi.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldinroq Yangi Namangan tumanida 17 yoshli o‘quvchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti yo‘l chetidagi talabalarni urib yuborgani, YTH oqibatida ulardan biri shifoxonada vafot etgani xabar qilingandi

Mavzuga oid