Samarqandda Treker piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi
Hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Samarqand shahridagi ko‘chalarning birida Treker mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan bolani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 23 sentabr kuni soat 19:10larda Samarqand shahar Afrosiyob ko‘chasida Tracker-2 mashinasi piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda o‘tayotgan, 2012 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.
Oqibatda, bola tan jarohati olib Samarqand shahar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 18.12.2024
Samarqandda avtobus piyodani urib yubordi
13:20 / 17.12.2024
Rossiyadagi YTHda 5 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
21:02 / 12.12.2024
Yangiyo‘lda 5 bolani bosib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi axloq tuzatish jazosini oldi
07:20 / 12.12.2024