Jahon | 09:42 / 02.05.2024
4860
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi

Ukraina Qurolli kuchlarining urib tushirilgan uchuvchisiz uchoqlari Krasnodar o‘lkasi, Smolensk, Oryol va Rostov viloyatlarida qayd etilgan.

Foto: Efrem Lukatsky/AP/dpa/picture alliance

2 may, payshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning bir qancha hududlari dronlar tomonidan hujumga uchradi.

Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anxoxin «Ukraina Qurolli kuchlarining Roslavl tumanidagi fuqarolik energetika infratuzilmasi obektiga hujum qilishga urinishi» haqida ma’lum qildi. Qurbonlar yo‘q, deydi Anoxin. Voqea joyida favqulodda vaziyatlar va huquq-tartibot idoralari ishlamoqda.

Krasnodar o‘lkasidagi Afipskiy qishlog‘i aholisi uchib ketayotgan uchuvchisiz uchoqlar ovozi va qishloq tepasida osmonda bir necha portlashlar sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Shot Telegram-kanali ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina uchuvchisiz uchoqlari ushbu hududda joylashgan neftni qayta ishlash zavodiga yaqinlashayotganda urib tushirilgan bo‘lishi mumkin.

Rostov viloyatida havo hujumidan mudofaa kuchlari Novoshaxtinsk va Kamensk-Shaxtinskiy hududlarida ikkita dronni yo‘q qildi. Viloyat rahbari Vasiliy Golubevning so‘zlariga ko‘ra, vayronagarchilik va qurbonlar qayd etilmagan. 

Oryol viloyatida Ukraina uchuvchisiz uchoqlari energetika infratuzilmasi obektlariga zarar yetkazdi. Viloyat gubernatori Andrey Klichkovning ta’kidlashicha, hujum natijasida Glazunovskiy va Sverdlovsk tumanlarida elektr ta’minoti qisman uzilgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. 

Mavzuga oid