Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tuzilmasida loyiha ofisi tashkil etildi
U ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega.
Prezidentning “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda loyiha ofisi yaratildi. U O‘zbekiston ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega.
2024 yil 1 iyuldan boshlab obektlarning smeta qiymati «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab qurilishi tugallangan obektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, «Shaffof qurilish» milliy axborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.
Mavzuga oid
18:02 / 04.12.2024
Qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi
12:17 / 04.12.2024
Turkiya qurilish kompaniyasi salkam 1500 o‘zbekistonlikni ishga olmoqchi
18:32 / 02.12.2024
“Uy qurilishini kechiktirgan tadbirkor jarimaga tortiladi” - Qurilish vazirligi
20:49 / 30.11.2024