O‘zbekiston | 12:17 / 04.12.2024
5844
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya qurilish kompaniyasi salkam 1500 o‘zbekistonlikni ishga olmoqchi

Migratsiya agentligi va Kalyon Insaat turk qurilish kompaniyasi 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini Turkiyadagi yirik loyihalarga ishga joylashtirishga kelishib oldi. 

Foto: Migratsiya agentligi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri Kalyon Insaat mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni boshladi. Turkiyadagi qurilish loyihalarida 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda. 

Dastlabki 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1 dekabr kuni Toshkentdan Istanbulga uchib ketdi. Yana 40 nafar fuqaro Samarqanddan ishga jo‘naydi. Dastlabki bosqichda korxonada 60 ishchi, 2025 yilning yanvaridan esa yana 1350 mutaxassis ish boshlaydi.

«Turkiyada ishga qabul qilinayotgan o‘zbekistonliklarning mehnat faoliyatini monitoring qilamiz va kelgusi yil yanvar oyida 1350 nafar mutaxassisni Turkiya bozorida ish bilan ta’minlaymiz», — dedi kompaniya vakili Akin Kirchichek.

Shartnomaga ko‘ra, yo‘lkira, turar joy, uch mahal issiq ovqat, maxsus kiyim va himoya vositalari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Shuningdek, munosib ish haqi va mehnat huquqlari kafolatlanadi.

Mavzuga oid