Lochindan Qalqongacha: mudofaa texnologiyalariga oid noodatiy festivalidan fotoreportaj
Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i”da mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda bir qator ishlab chiqaruvchilar, ixtirolar o‘z mahsulotlari bilan qatnashmoqda. Kun.uz muxbiri festivalda ishtirok etib, fotoreportaj tayyorladi.
Poytaxtdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Unda qurolli kuchlarga zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan 20 ga yaqin ishlab chiqaruvchi yirik korxonal, 50 ta tashkilot, 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar va ixtirochilar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Taqdimotda tanlab olingan eng yaxshi mahsulot korxonasi kelajakda Mudofaa sanoati agentligi bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Festival doirasida robototexnika, kibersport, dronreysing, 3D modellashtirish, dronlarni loyihalashtirish va dasturlash yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalar ham o‘tkazildi.
Mavzuga oid
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonning mudofaa va xavfsizlik sohasida kosmik suratlarga bo‘lgan ehtiyoji ortib bormoqda
21:12 / 12.12.2024
MDH davlatlari havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini yaratadi
07:51 / 12.12.2024
AQShda kongressmenlar 2025 yil uchun mudofaa budjetini tasdiqladi
18:12 / 11.12.2024