Jahon | 18:53 / 09.05.2024
11124
8 daqiqa o‘qiladi

Donbassni himoya qilayotgan artilleriyachilar va Luhanskdagi yong‘in. Urush suratlari

Ukrainada urushning 805-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qo‘shini Ukraina energetika obektlari bo‘ylab navbatdagi marta yopirilma zarbalar yo‘lladi.
  • Ukrainlarning Luhanskdagi neft bazasiga yo‘llagan zarbasi oqibatida besh kishi jarohatlandi.
  • EUobserver: YeI sanksiyalarining yangi paketida Yevropadagi siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari Rossiya tomonidan moliyalashtirilishiga taqiqni ham o‘z ichiga oladi.
  • Polshalik chegarachilar armiyadan qochgan rossiyalik harbiy ushlangani haqida xabar berishdi.
  • Corriere della Sera: NATO deklaratsiyasiga Ukrainaga qo‘shin yuborishdan bosh tortish to‘g‘risida band kiritish rejalashtirilmoqda.
  • Litva bosh vaziri harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan ukrainlarga vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berish rad etilishi mumkinligini ma’lum qildi.
  • Oliy rada ikkinchi o‘qishda mahbuslarga Ukraina armiyasida xizmat qilishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Kun kadri. Luhanskdagi neft bazada yong‘in

Ukrain qo‘shini 8 mayga o‘tar kechasi Luhanskdagi neft bazaga zarba yo‘lladi. Rossiya FVV xabariga ko‘ra, yong‘in Moskva vaqti bilan soat 10:00 ga kelib o‘chirilgan. O‘zini o‘zi e’lon qilgan LXR rasmiylari neft baza bo‘ylab zarba vaqtida turar joylar, gaz quvuri va elektr uzatish liniyasi shikastlangani, korxonaning besh nafar xodimi yaralangani haqida xabar bergan. RF Tergov qo‘mitasi «Donetsk va Luhansk xalq respublikalari tinch aholisiga nisbatan navbatdagi jinoyat» tekshirilishini ma’lum qilgan. Luhansk oblastining Ukraina nazoratidagi qismi harbiy ma’muriyati rahbari hisoblangan Artyom Lisogorning ma’lum qilishicha, neft bazadagi yong‘in oqibatida «shaharda va uning atrofida yonilg‘i taqchilligi yuzaga kelgan». Lisogor o‘z telegram-kanalida LXRdagilar yonilg‘i yetkazib berish bo‘yicha logistik muammoni hal qilish yo‘llarini topa olmayotgani, Luhanskda bo‘lgan zaxiralar rossiyalik harbiylarga berib yuborilganini aytgan.

Aleksandr Reka / TASS / Profimedia

Donbass shimolidagi ukrain artilleriyachilari

Donetsk oblastida Rossiya qo‘shini yurish qilishga harakat qilmoqda. Donbassni boshqalar qatori 148-alohida artilleriya brigadasi ham himoya qilmoqda. Quyida uning jangchilari bo‘linmaning Facebook sahifasida o‘z xizmati haqida aytib bergan gaplar keltiriladi.

«Kam uxlaymiz. Ammo agar biz kam uxlayotgan va ko‘p ishlayotgan bo‘lsak, bu shuni anglatadiki, biz g‘alabaga yaqinlashmoqdamiz! Bizga kunning istalgan vaqtida buyruq kelishi mumkin. Biz barchasini tashlaymiz va qurolga yuguramiz. Raqib muntazam ravishda hujum qiladi. Ba’zida sokin tunlar ham bo‘ladi, ba’zi tunlarda esa biz 15-20 marta qurolga yugurishimizga to‘g‘ri keladi!» — deydi 148- brigadasining Igor ismli jangchisi — u ukrain harbiylari g‘arblik ittifoqchilaridan olgan M777 gaubitsasini o‘qlovchi sifatida xizmat qiladi. «Urush uchun yaratilmaganman deb hisoblaydigan odamlar bor. Ammo ular yaxshi jang qilishadi», — deya qo‘shimcha qiladi u o‘zi ham hech qachon armiyada xizmat qilishi va urushda ishtirok etishini o‘ylamaganini ta’kidlab.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Avvaliga Donetsk oblastini ozod etishda qatnashaman, keyin janubiy hududlarimizni ozod etishni orzu qilaman. Rossiyaliklar zambaragini nishonga olganimizda darhol „javob“ keladi. Ammo biz ham javob berishni „do‘ndiramiz“! Kuniga 60 ta snaryad ishlatgan vaqtlarimiz ham bo‘ldi. Mening jamoam ijobiy kayfiyatda, chunki biz o‘z yerimizdamiz. Ishlaymiz», — deydi «Xerson» chaqiruv belgisiga ega artilleriyachi, u bu laqabni o‘zi tug‘ilgan shahar sharafiga olgan. U shahar Rossiya qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilingan davrda u yerni tark etishga muvaffaq bo‘lgan va Ukrainaning boshqa regioniga o‘tgan, u yerdan esa chaqiruv qog‘ozi olib, xizmat qilish uchun yo‘l olgan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Dushman biz qayerdaligimizni izlaydi. Ba’zida biz uch marta o‘t ochganimizda javoban — 15 ta zarba keladi. Bir hafta muqaddam bizning blindajdan 10 metr masofaga KAB [aviabomba] kelib tushdi. Bu hissiyotni unutib bo‘lmaydi! Har qanday odam uchun qo‘rqinchli— o‘rningda yotganingda shiftga uchib chiqayotgandek tuyuladi. Ammo hechqisi yo‘q, ishlashda davom etamiz!» — deydi 148-brigadaning «Batya» laqabli jangchisi, u urushga qadar kommunal xizmat xodimi bo‘lib ishlagan
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Agar rossiyalik harbiylar Chasiv Yar va butun Donbassni egallab olishsa, ular «Ukraina yuragiga yorib kiradi», degan Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkin. «Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz va dushmanni shu yerda, Donetsk oblastida to‘xtatish va 1991 yilgi chegaralarni tiklash uchun imkon doirasidagi va imkon doirasidan tashqaridagi barcha ishlarni qilamiz», — deya qayd etgan u.
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Zaporijjya o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya qo‘shini muntazam ravishda Zaporijjya oblasti bo‘ylab zarbalar bermoqda. Zaporijjya 8 may kuni o‘qqa tutilishi oqibatida shaharning to‘rt rayonidagi binolar, jumladan 15 ta turar joy, uchta o‘quv muassasasi, ichida avtomobillar bo‘lgan garajlar kompleksi shikastlangan, deb xabar beradi oblast harbiy ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov.

Zaporijjyadagi garaj kompleksida rossiyaliklar zarbasidan keyin hosil bo‘lgan o‘ra. 2024 yil 8 may
Dmytro Smolienko / Ukrinform / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Kiyevda ukrain harbiylari uchun maskirovka to‘rlari tayyorlayotgan ko‘ngillilar

RF qo‘shinlarining keng ko‘lamli bosqinidan keyin Ukraina aholisi vakillari turli yo‘llar bilan frontdagi jangchilarga yordam bermoqda, jumladan ular uchun pozitsiyalarini yoki texnikalarni raqib razvedkasidan yashirish uchun maskirovka to‘rlari to‘qimoqda. Jang maydonidagi turli sharoitlar uchun turli ranglar sxemasidan foydalaniladi. Ko‘ngillilar jangchilar uchun individual maskirovkalar ham tayyorlashadi. Maskirovka to‘rlari tayyorlanishi aks etgan quyidagi fotosuratlar 8 may kuni Kiyevda olingan.

Andreas Stroh / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Andreas Stroh / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Andreas Stroh / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Mavzuga oid