Toshkentda jamoat tartibini buzgan fuqarolar IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 10 may kuni taxminan soat 16:30 larda Chilonzor tumani, 5-mavze hududida 1980 yilda tug‘ilgan A.A. va 1984 yilda tug‘ilgan A.A. mast holatda bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyida bo‘la turib bir nechta fuqarolar (1993 yilda tug‘ilgan Sh.D., 1996 yilda tug‘ilgan A.S., 2002 yilda tug‘ilgan S.S.) bilan o‘zaro janjallashgan.
Natijada, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro yengil darajadagi jarohatlar bilan tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari yetib kelishgan. Biroq, jamoat tartibini buzayotgan ikki nafar fuqarolar IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatishgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgan.
Mavzuga oid
11:45 / 29.11.2024
Xarid qilish tartib-taomillarining yangi turlari joriy etiladi
20:32 / 24.10.2024
Zokirjon Almatov faxriy unvon bilan taqdirlandi
09:44 / 07.09.2024
Toshkentda festivalda jamoat tartibini buzgan 5 nafar voyaga yetmagan shaxsning ota-onasiga bayonnoma tuzildi
11:24 / 22.08.2024