Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi
Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yoshli haydovchi Malibu mashinasida piyodani urib yubordi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mirzo Ulug‘bek tumanida inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 11 may kuni soat 4:00 atrofida 20 yoshli yigit Malibu avtomashinasini boshqarib ketayotib, Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza ko‘chasi Oqtepa lavash binosi qarshisida 45 yoshli erkakni urib yuborgan. YTH oqibatida piyoda voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Avvalroq Shahrisabzda Damas 1-sinf o‘quvchisini bosib ketgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:12 / 07.12.2024
Toshkentda yana “snos” masalasi: odamlar va’da qilingan uylarni ololmayapti
10:06 / 18.11.2024
Shota Rustaveli ko‘chasida Malibu yo‘l chetidagi temir ustunga borib urildi
16:56 / 25.09.2024
Bahodir G‘oyibnazarov hokimlikka qaytdi
17:08 / 30.08.2024