Jahon | 16:42 / 12.05.2024
17530
6 daqiqa o‘qiladi

Rossiya armiyasi Xarkiv oblastida ilgarilashi fonida tinch aholi Volchanskni tark etmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 808-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • O‘n birinchi may kuni Rossiya mudofaa vazirligi Xarkiv oblastida beshta aholi yashash manzili egallangani haqida xabar berdi — bu orqali ushbu hududda yurish boshlangani rasman tan olindi.
  • RIA Novosti agentligi Ukraina qurolli kuchlari HIMARS orqali Donetskda «DXR tashkil etilganining o‘n yilligi» munosabati bilan uyushtirilgan avtopoyga ishtirokchilarini o‘qqa tutgani haqida xabar tarqatdi.
  • Yevroittifoq mamlakatlari elchilari Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini kelishib olgan — lekin bu YeI mamlakatlari o‘z harbiylarini harbiy harakatlar hududiga yuborishini ko‘zda tutmaydi.
  • Belgorod oblasti rasmiylari hudud Ukraina tomonidan navbatdagi bor o‘qqa tutilishi oqibatida sakkiz kishi yaralangani haqida xabar berdi.
  • O‘zini o‘zi e’lon qilgan LXR nazorati ostidagi Rovenki shahrida neft baza yonib ketdi. Mahalliy rasmiylar ukrain harbiylari bazani ATACMS raketalari bilan o‘qqa tutganini bildirgan.
  • Kursk va Belgorod oblastlari rasmiylari ukrain harbiylari uchirgan dronlardan portlovchi moddalar tashlanishi oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lganini xabar qilgan.

Donetsk o‘qqa tutilishi

RIA Novosti agentligi 11 may kuni Ukraina qurolli kuchlari HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan anneksiya qilingan Donetsk shahrining Lenin rayonini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi. U yerda o‘zini o‘zi e’lon qilgan DXR «mustaqilligi»ning o‘n yilligi sharafiga avtopoyga uyushtirilgandi. Mash telegram-kanalining Donbassdagi muxbiri hamda hukumatparast «harbiy muxbir» Semyon Pegov avtopoyga ishtirokchilari yig‘ilgan maydon yaqinidagi «Paradiz» restorani zarbaga uchraganini xabar qilgan. Pegovning ma’lumotiga ko‘ra, mashinalar start olishga tayyor turgan mahalda portlash sodir bo‘lgan, shundan keyin takroriy zarba xavfi tufayli ushbu avtopoygani bekor qilishga qaror qilingan. 

Hududning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Denis Pushilin bergan ma’lumotga ko‘ra, zarba oqibatida uch kishi halok bo‘lgan — «Paradiz» restorani xodimi hamda ikki mijoz. Yana sakkiz kishi, jumladan 12 yoshli qiz jarohatlangan.

Donetskda zarbadan shikastlangan uy. 2024 yil 11 may
Dmitriy Yagodkin / TASS / Profimedia
«Paradiz» restorani zarbaga uchragan
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Paradiz» restoranida otishma oqibatlari
Taisiya Voronsova / RIA Novosti / Profimedia
Restoran xodimlari binodan evakuatsiya qilinishi jarayoni
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsklik kishi otishma vaqtida halok bo‘lgan 65 yoshli singlisi jasadi yonida. 2024 yil 10 may
AFP / Scanpix / LETA

Volchanskdan evakuatsiya

RF mudofaa vazirligi Xarkiv oblastidagi yurish doirasida ukrainlarning quyidagi beshta aholi yashash punktlari «ozod etilgani» to‘g‘risida ma’lumot berdi: Borisovka, Ogursovo, Pletenevka, Pilna va Strilecha. Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Rossiya qo‘shini oblastning chegaradosh hududlarida yangi yurish boshlagani to‘g‘risida xabar bergandi. Volodimir Zelenskiy bu regionda «shiddatli janglar» ketayotgani, ammo Rossiya kuchlari hujumilari artilleriya olovi bilan to‘xtatilganini ma’lum qilgandi. 

Rossiya qo‘shini juma kuniyoq Xarkiv oblasti shimolini o‘qqa tutishni kuchaytirgandi. Rossiya bilan chegaradan 10 kilometr masofada joylashgan Volchansk shahri hammadan ko‘p jabr ko‘rmoqda. Ukraina hukumati shahar aholisini evakuatsiya qilishga kirishgan. 

Xarkiv oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya qo‘shini harbiy harakatlarni faollashtirgan hududdan jami 4073 kishi evakuatsiya qilingan.

Ukrain politsiyachisi rossiyaliklar aviazarbasi oqibatida uyini yo‘qotgan volchansklik kishi bilan gaplashmoqda.
Xarkiv oblasti, 2024 yil 11 may
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaning Volchansk bo‘ylab yo‘llagan aviazarbasidan keyin o‘z uyidan butun qolgan buyumlarini chiqarayotgan mahalliy aholi vakillari
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning aviazarbasi chog‘ida yashirinayotgan ukrain politsiyachisi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Rossiyaliklarning aviazarbalaridan keyin Volchanskni tark etishga tayyorlanayotgan keksa yoshli ayol
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Volchansk aholisi vakillarini evakuatsiya qilishda yordam ko‘rsatayotgan politsiya xodimlari, 2024 yil 11 may
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Avdiyivka yaqinidagi ukrain askarlari

Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi Avdiyivka shahrini fevral oyi o‘rtalarida egallagandi. Bir necha oylik janglarda Avdiyivkaning bir qismi butkul vayronaga aylangan. Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari shahar atrofidagi pozitsiyalarda mudofaalanishda davom etmoqda.

Mahalliy aholi vakili velosipedida Ukraina armiyasining dronlarga qarshi kurashish bo‘linmasi yonidan o‘tmoqda. Avdiyivka yo‘nalishi, 2024 yil, 6 may
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid