O‘zbekiston | 10:09 / 13.05.2024
1746
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt O‘zbekistondan quritilgan mevalar eksportini ko‘paytirmoqchi

O‘zbekiston elchisi Ayub Yunusov Kuvaytning Al Homaizi Food Industries kompaniyasi menejeri Muhammad Husayn, bo‘lim boshlig‘i Imad Ahmad Mir, departament direktori Muhammad Abdulhadi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Kuvayt bozoriga eksport hajmini yanada oshirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Kuvayt tomoni O‘zbekistondan quruq mevalar, shokolad mahsulotlari, sharbat va holva kabi turli shirinliklarni sotib olish maqsadida o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Elchi Al Homaizi Food Industries kompaniyasi rahbariyati va vakillarini shu yil 13-14 may kunlari o‘tkaziladigan O‘zbekistonning investitsiyaviy, eksport va turistik salohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qildi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston kompaniyalari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazish to‘g‘risida kelishildi.

Mavzuga oid