Jahon | 16:45 / 13.05.2024
16192
8 daqiqa o‘qiladi

Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida «yo‘qotishlar bilan hisoblashmasdan» oldinga yurmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 809-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Belgorodda o‘n qavatli uy pod’yezdi quladi. 13 may tongida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xarobalar ostidan 15 kishi jasadi chiqarib olingan.
  • RF mudofaa vazirligi versiyasiga ko‘ra, Belgoroddagi o‘n qavatli uyga ukrainlarning urib tushirilgan «Tochka-U» raketasi qoldiqlari tushgan. Gubernator esa uy «snaryad to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib urilishi» oqibatida vayron bo‘lganini aytgandi.
  • RF mudofaa vazirligi Xarkiv oblastida yana to‘rtta qishloq egallangani haqida xabar berdi. Bir kun oldin vazirlik beshta qishloq «ozod etilgani»ni xabar qilgandi.
  • Ukraina Vovchansk uchun janglarda Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishganini ma’lum qildi.
  • Volgogradda neftni qayta ishlash zavodida dronlar hujumidan keyin yong‘in chiqqan.

Belgorodda turar joy pod’yezdi qulashi

Belgorodda 12 may kuni Shchorsa ko‘chasidagi o‘n qavatli uyning pod’yezdlaridan biri to‘liq quladi. Rossiya mudofaa vazirligi turar joy binosi ukrainlarning shahar uzra urib tushirilgan «Tochka-U» raketasi parchalari tushishi oqibatida shikastlanganini ma’lum qilgan.

Xarobalarni tozalash ishlari 13 mayga qadar davom etdi. Rossiya FVV qutqaruvchilar xarobalar ostidan 15 kishining jasadi olib chiqilganini ma’lum qilgan, 17 kishi tirik holda qutqarilgan
Pavel Kolyadin / Sputnik / Profimedia
Turar joy pod’yezdlaridan biri qulashi oqibatida 27 kishi jarohatlangan. Region rahbarining ma’lum qilishicha, jabrlanuvchilar orasida bir yarim yoshli chaqaloq va uning onasi ham bor
Sputnik / Profimedia
13 may tongida berilgan ma’lumotga ko‘ra, uy qulashi oqibatida jarohatlangan 27 kishi shifoxonada qolmoqda, ulardan olti nafarini federal klinikaga transportirovka qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Reuters / Scanpix / LETA
RF tergov qo‘mitasi Belgoroddagi hodisa yuzasidan «terakt» haqidagi modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan
Yelizaveta Demidova / TASS / Profimedia
Belgorodda o‘tgan kun davomida jami 19 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilgan Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov. Uy qulashi qurbonlariga aylangan 15 kishidan tashqari yana uch kishi tungi zarbalar vaqtida vafot etgan. Bundan tashqari, 11 may kuni kechqurun jarohatlangan bir ayol shifoxonada ko‘z yumgan.
Pavel Kolyadin / Sputnik / Profimedia

Chasiv Yar atrofidagi ukrain askarlari

Rossiya qo‘shini Chasiv Yarni egallashga harakat qilmoqda. Donetsk oblastidagi ushbu kichik aholi yashash manzili ustidan nazorat RF qo‘shiniga, agar zarur resurslar topilsa, 2022 yil yozidan buyon eng yirik yurish boshlash imkonini berishi mumkin. Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Vadim Filashkinning aytishicha, agar RF qo‘shini regionni to‘liq egallay olsa, ular «Ukraina yuragiga yorib kirishi» mumkin bo‘ladi. RF qo‘shini oldinga yurishga harakatlarini to‘xtatmayotganiga qaramay, ukrain bo‘linmalari Chasiv Yardagi pozitsiyalarini ushlab turibdi, shaharda esa tinch aholi vakillari qolmoqda.

Ukrainalik harbiylar Chasiy Yar atrofidagi pozitsiyaga yuk olib kelgan avtomobilni bo‘shatmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukraina qurolli kuchlari jangchilari minomyotdan o‘t ochmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Ukrain harbiylari bir necha marta g‘arblik ittifoqchilar va’da qilgan yordam kechikkani tufayli, o‘q-dori taqchilligi yuzaga kelganidan shikoyat qilishgan. Harbiy yordam Ukrainaga yoz boshlarida to‘liq miqdorda kela boshlashi kutilmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Frontning boshqa uchastkalarida bo‘lgani kabi, Chasiv Yar uchun janglarda operatorga uzoq masofadagi boshpanada o‘tirgan holda operativ vaziyatni jonli efirda kuzatish imkonini beruvchi FPV-dronlar orqali razvedka qilish muhim rol o‘ynamoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press
Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ddp / Vida Press

Ukraina shimoli-sharqida Rossiya yurishi xavfi ostida evakuatsiya davom etmoqda

Rossiya qo‘shini 10 may kuni Xarkiv oblastida yurish boshladi. 13 may kuni Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya qo‘shini Ukrainaning Xarkiv oblasti Chuguyiv rayonidagi Vovchansk shahri atrofida «taktik yutuqlar»ga erishganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligi yurish haqida rasman e’lon qilmagan, ammo so‘nggi kunlarda Xarkiv oblastidagi aholi yashash manzillari «ozod etilgani» to‘g‘risida muntazam ravishda xabar bermoqda. Region rahbariyati va ko‘ngillilar shiddatli janglar olib borilayotgan Xarkiv va Donetsk oblastlarida Rossiya qo‘shini yaqin kelishi xavfi tufayli tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilmoqda. 

EassOS nodavlat tashkiloti vakillari Oleksandr va Vladislav Toretskda (Donetsk oblasti) yashovchi 88 yoshli Valentina hamda uning 57 yoshli qizi Anjyelikani evakuatsiya qilmoqda. Front chizig‘i yaqinida joylashgan Toretsk muntazam ravishda o‘qqa tutiladi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Artilleriya zarbalari tufayli Vovchansk shahri atrofida (Xarkv oblasti) o‘rmon yong‘inlari boshlangan, bu esa evakuatsiyani murakkablashtiradi. Rasmiylarning chaqiriqlariga qaramay, Vovchanskda va uning atrofidagi aholi yashash manzillarida yashovchilarning barchasi ham Rossiya qo‘shini kirib kelishi xavfiga qaramay o‘z uylarini tark etishni istamaydi
George Ivanchenko / EPA / Scanpix / LETA
Rossiya yurishi xavf solayotgan qishloqlardan nafaqat odamlar, balki moddiy qiymatga ega buyumlar ham olib chiqilmoqda. Vovchansk yaqinidagi Vilcha qishlog‘ida olingan fotoda politsiyachi generatorni olib ketayotgani aks etgan
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Xarkiv oblasti rahbari Oleg Sinegubov 13 may tongida chegara hududlardan jami 5762 kishi xavfsiz joylarga ko‘chirilgani haqida ma’lumot berdi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
«Xarkiv yo‘nalishida operativ vaziyat murakkab va tez o‘zgarmoqda», — deyiladi Ukraina QK bosh shtabining 13 may tongidagi hisobotida. Fotoda ukrain harbiylari 2S1 «Gvozdika» o‘ziyurar artilleriya qurilmasida Vovchansk rayonidagi yo‘l bo‘yida zarbaga uchragan avtomobil yonidan o‘tmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina QK bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya qo‘mondonligi Xarkiv oblastidagi yurishda kattagina kuchlarni ishga solgan — beshta batalyon — va «yo‘qotishlar bilan hisoblashmayapti». Fotoda Xarkiv oblastidagi jangda yaralangan ukrain harbiysi
Vyacheslav Madiyevskyy / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid