OKMK: “HG-AMMC” MChJ qo‘shma korxonasi qurilishiga start berildi
O‘zbekiston kon va metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida Xitoy Xalq Respublikasining “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi bilan hamkorlikda “HG-AMMC” MChJ qo‘shma korxonasi qurilishiga start berildi. Ushbu bayram har yili may oyining 3-yakshanbasida nishonlanadi.
Qo‘shma korxonaning qurilish ishlarini boshlash tadbirida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati, “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti va mutaxassislari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Mazkur qo‘shma korxona joriy yilning yanvar oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi davomida erishgan kelishuvlarning natijasidir. Ohangaron tumanida joylashgan korxonada “Tog‘-kon mashinalari uchun ehtiyot qismlari ishlab chiqarish” loyihasi amalga oshiriladi. Ushbu loyihaning qiymati 23 mln dollar bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishning yillik hajmi 37,5 mln dollarni tashkil etadi. Hamkor kompaniya tomonidan tog‘-kon mashinalari uchun 282 dan ortiq ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlar birinchi navbatda mahalliy bozordagi ehtiyojlarni qoplaydi va kelajakda eksport qilinadi.
E’tiborlisi, qo‘shma korxonada 150 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, loyiha O‘zbekiston sanoat sohasida yangi yutuqlarga erishishga va iqtisodiyotning o‘sishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Tadbirda OKMK rahbariyati, “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti va nuroniylar ishtirokida ramziy lenta qirqilib, loyihaning qurilishiga rasman start berildi.
Loyiha va kelgusidagi rejalar haqida “Huigong (Hebei) Machinery Group Co., Ltd.” kompaniyasi prezidenti Tsun Tsilin O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalari haqida gapirdi:
“Nimaga biz O‘zbekistonni tanladik, degan savolga javob beradigan bo‘lsam, eng avvalo, yurtingizda investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarining yildan yilga rivojlanib borayotganligi ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi har ikki tomon o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamladi. O‘zbekiston O‘rta Osiyoning markazida joylashganligi, qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilganligi ham bizni qiziqtiradi. Ushbu loyiha hamkorligimizning birinchi navbati hisoblanib, bugun OKMK rahbariyati bilan yaqin istiqbolda amalga oshiradigan boshqa loyihalar bo‘yicha ham muzokaralar olib bordik. Bugun start berilgan loyiha o‘ylamanki, har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘ladi”, - dedi u.
OKMK Axborot xizmati
Reklama
Mavzuga oid
13:54 / 12.12.2024
Gazprombankka qarshi sanksiyalar O‘zbekiston mis sanoati rivojini xavf ostiga qo‘yadi - The Diplomat
17:30 / 11.12.2024
OKMKda investitsiya loyihalari ishga tushirilmoqda: kombinatning yangi bosqichi va kelajagi haqida ma’lumot berildi
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
17:00 / 02.11.2024