Jamiyat | 07:14 / 15.05.2024
2997
1 daqiqa o‘qiladi

Qalbaki haydovchilik guvohnomasi yasab bergan shaxslar ushlandi

Farg‘onada bir guruh shaxslar fuqaroga hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, evaziga 200 dollarni qo‘lga kiritib, uning nomiga B toifadagi qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining xabariga ko‘ra, unda fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro O‘.T.ning ishonchiga kirib, unga hech qanday imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytib, evaziga 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uning nomiga B toifadagi qalbaki haydovchilik guvohnomasini yasab bergani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid